Augustus Desiré Waller
From Wikipedia, the free encyclopedia
Augustus Desire Waller FRS (1856-yil 12 iyul — 1922-yil 11 mart) ingliz fiziologi va Augustus Volney Wallerning oʻgʻli boʻlgan. U Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan.
U Aberdin universitetida tibbiyot fakul’tetida tahsil olgan, u yerda 1878-yilda malakali va 1881-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 1883-yilda u London Ayollar Tibbiyot maktabida fiziologiya boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlagan. U erda u boʻlgʻusi xotini bilan uchrashdi[2]. Alise Palmer shogirdlaridan biri boʻlgan, hamda u Jorj Palmerning qizi boʻlgan/ Otasi Reading deputati va pechene ishlab chiqaruvchilari Xantli va Palmer asoschisi boʻlgan[1].
1884-yilda u Sent-Meri kasalxonasida fiziologiya boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan. 1887-yilda u kapillyar elektrometr yordamida insonning birinchi elektrokardiogrammasini yozib olishga muvifaqqiyat boʻlgan[3].
U 1896-yilda 1897-yil 13-yanvardan boshlab Fullerian fiziologiya professori etib tayinlangan va ishlagan[4]
U Londonda 1922-yil 110martda ikki marta insultdan azob chekib vafot etgan[5].