Alexandre Dumas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi. Sarguzashtlarga boy tarixiy romanlari bilan nom chiqargan. Dyuma eng mashhur fransuz yozuvchilaridandir. Alexandre Dumasning oʻgʻli Alexandre Dumas (oʻgʻil)|Alexandre Dumas ham yozuvchi boʻlgan. Shuning uchun Alexandre Dumas katta Dumas père (Dumas-ota) va Alexandre Dumas kichkina Dumas fils (Dumas-oʻgʻil) deb yuritiladi.
Alexandre Dumas | |
---|---|
Asl ismi | Alexandre Dumas |
Tavalludi | 24-iyul 1802-yil |
Vafoti |
5-dekabr 1870-yil(1870-12-05) (68 yoshda) |
Kasbi | 1829-1869 |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[1] |
Fuqaroligi | Fransiya[2] |
Yoʻnalish | Nasr va drama |
Janr | Romantizm, tarixiy asarlar |
Shoh asari | „Uch mushketyor“ (1844) va „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845) |
Alexandre Dumasning eng mashhur asarlari „Uch mushketyor“ (1844), „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845), „Yigirma yildan keyin“ (1845) va „Vikont de Brajelon“ (1848-1850) romanlaridir. Dyuma romanlar bilan birga dramalar ham yozgan. U hayoti davomida 1200 dan oshiq asar yozgan.[3] Alexandre Dumasning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.