Afgʻoniston va Xitoy chegarasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Afgʻoniston va Xitoy chegarasi uzunligi 92 km (57 mi)[1] boʻlgan Afgʻoniston va Xitoy oʻrtasidagi chegara. Ikki davlatning Pokistonning federal boshqaruvidagi Gilgit-Baltiston hududi bilan uch tomolama chegara nuqtasidan boshlanib, Mustogʻ tizmasi boʻylab suvayirgʻichdan keyin va Tojikiston bilan uch tomonlama chegara nuqtasida tugaydi. Bu qisqa chegara Afgʻonistonning uzoq shimoli-sharqida, mamlakatning koʻp qismidan yoki har ikki mamlakatning shahar joylaridan uzoqda, uzun va tor Vaxon koridorining oxirida joylashgan. Chegaraning Xitoy tomoni Chalachigu vodiysida joylashgan. Chegarani bir qancha togʻ dovonlari kesib oʻtadi, masalan, janubda Vaxjir dovoni va shimolda Tegermansu dovoni.
Chegaraning ikki tomoni qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar hisoblanadi: Afgʻoniston tomonida Badaxshon viloyatining Vaxon tumanidagi Vaxon milliy bogʻi va Xitoy tomonida Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni Qoshgʻar okrugi Taxtaqoʻrgʻon tojik muxtor uyezdidagi Taxtaqoʻrgʻon qoʻriqxonasidir.
Chegara yer yuzidagi eng katta vaqt mintaqasi farqini bildiradi, Afgʻoniston (UTC+4:30) va Xitoy (UTC+08:00) oʻrtasida vaqt 3,5 soatga farq qiladi[2].