Abul Qosim az-Zahroviy
Andalusiyalik arab tabib, jarroh va kimyogar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abulqosim Xalaf ibn Abbos az-Zahroviy yoki Albukasis (936, Madina az-Zahro — 1013, Madina az-Zahra) — Andalusiyalik arab tabib va olim (zamonaviy Ispaniya hududida). U Kordoba xalifasi Al-Hakam II ning saroy tabibi edi.
Albukasis jarrohlik, tibbiyot, oftalmologiya, ortopediya, farmakologiya, stomatologiya, ovqatlanish kabi boblardan iborat 30 jildlik “at-Tasrif” asarini yozgan. 14-asrda fransuz shifokori Gi de Sholiak Albukasisdan 200 marta iqtibos keltirgan.
Albukasis qizilo'ngachdan begona jismlarni olib tashlash va quloqni tekshirish uchun maxsus asbob ixtiro qildi.