User:Progint/sandbox/Ateshgyax
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ateshgyax (ozarb. Atəşgah) — Ozarbayjondagi hindlarning otashparastlar[1] ibodatxonasi Apsheron yarimorolida, Boku markazidan 30 kilometrda Suraxan tumanida Suraxan qishlogʻi chetlarida joylashgan, turli davrlarda zoroastriyaliklar, hindlar hamda sikxlar sigʻingan. XVII — XVIII asrlarda „mangu“ oʻchmaydigan olovlar joyida — tabiiy gazning [1] yonib chiqishi sababli ibodatxona „Ateshgyax“ deb ataladi, bu „Olov uyi“, „Olov joyi“ maʼnosini bildiradi.
Ateshgyax ozarb. Atəşgah | |
---|---|
Ibodatxonadagi muqaddas olov | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Tegishli | Ateshgyax Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi |
Qurilish vaqti | XVII asr |
Uslubi | otashparastlik ibodatxonalari |
Holati | Ochiq osmon ostidagi muzey |
UNESCO muhofazasiga olingan | |
Rasmiy nomi: Surakhany, Atashgyakh (Fire - worshippers, temple - museum at Surakhany) | |
Turi | Madaniy |
Mezonlari | i, iii |
Tayinlangan | 1998 |
Manba nomeri | 1172 |
Davlat | Ozarbayjon |
Hudud | Yevropa |
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish | |
Manba nomeri | 1 |
Turi | ibodatxona |
Ahamiyati | Dunyo ahamiyatida |
300px | |
ibodatxonaning plani |
Meʼmoriy kompleksi olti qirrali tishli tashqi devor bilan chiqish portalidan iborat, hovli makazida toʻrt qirrali asosiy ibodatxona — mehrob qad koʻtargan, bu otashparastlarning ziyorat joyi boʻlgan. Kirish poratalida Apsheronda anʼanaviy boʻlgan mehmonxona (balaxan) boʻlgan.
Ibodatxona majmuasi qurilishi 1713 yilga mansub. Ibodatxona oldindan mavjud boʻlgan va oʻzining birlamchi rejalarini saqlab qolib bizning vaqtgacha yetib kelgan. Mehrob olovi Ozarbayjon hududida midiya davridan keng tarqalgan mehroblar qurilishini qadimgi anʼanalarini aks ettiradi. Olov mehrobi rejasi toʻrt ustun toʻrtburchaklar va gumbaz bilan yopilgan va toʻrt tomonga ochiq markaziy joyli anʼanaviy koʻrinishga egaligi shu yerdan kelib chiqqan.
Ozarbayjon prezidenti farmoniga koʻra ochiq osmon ostidagi muzey Davlat tarixiy- meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan[2]. Muzeyga tshrif buyurganlarning soni yiliga oʻrtacha 15000 kishini tashkil etadi.
1998 yilda „Ateshgyax“ Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun YUNESKO ga taklif etilgan.